Skaloni: «Hali ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p»
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Jahon chempionati–2026 chorak finali yakunlarini sarhisob qilib, jamoa o‘yini hali ham takomillashtirishni talab qilishini ta’kidladi.
«Rostini aytsam, bugun biz uchun o‘yin juda og‘ir kechdi. Raqib jismonan juda kuchli jamoa ekanini bilardik va ular bizga ko‘plab muammolar tug‘dirdi. Ayrim vaziyatlardan chiqib keta olmadik.
Rostini aytganimda, bugun omad ham bizning tomonda bo‘ldi. Raqib bir futbolchisidan ayrilganidan keyin jamoamiz hujumlarni kuchaytirdi.
Realist bo‘lishimiz kerak — hali ishlashimiz lozim bo‘lgan jihatlar juda ko‘p. Ammo har qanday holatda ham g‘alaba har doim yaxshiroq. Bugun jamoa erishgan natija esa tarixiy yutuqdir. Balki bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi, ammo yana bir bor Jahon chempionati yarim finaliga chiqishning o‘ziyoq tarix», — dedi mutaxassis FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.