Skaloni: «Fransiya – Ispaniya uchrashuvini finalga tenglashtirish mumkin»
Argentina ustozi yarim finalning birinchi juftligi haqida fikr bildirdi.
ФОТО: Getty images
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalidagi Ispaniya — Fransiya bahsi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Albatta, Fransiya — Ispaniya uchrashuvini erta final deb atash mumkin. Chunki har ikki jamoa ham turnirning asosiy favoritlari hisoblanadi», — dedi Skaloni The Touchline nashriga.
Ispaniya terma jamoasi chorak finalda Belgiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi, Fransiya esa Marokash ustidan 2:0 hisobida g‘alaba bilan keyingi bosqichga chiqqan.
Argentina terma jamoasi esa chorak finalda Shveytsariyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu uchrashuv 11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00da start oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist