locale OZ

Skaloni: «100 ta o‘yinda aynan shu bahs eng katta iz qoldirdi»

Argentina ustozi Kabo-Verdega qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Scaloni: «100 ta o‘yinda aynan shu bahs eng katta iz qoldirdi»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
03.07.2026, Yak.
Argentina
3
Kabo-Verde
2

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Jahon chempionati pley-off bosqichidagi dramatik g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, raqibning uchinchi golidan keyin u faqat o‘yin tezroq yakunlanishini istagan.

"Uchinchi goldan keyin men faqat bitta narsani xohladim — o‘yin tezroq tugasin. Ko‘pchilik bu biz uchun oson uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylagandi, ammo biz bunday emasligini yaxshi bilardik.

Ular hisobni 2:2 ga tenglashtirgan gol haqiqatan ham ajoyib edi.

Men boshqargan 100 ta o‘yinda aynan shu bahs eng katta iz qoldirdi. Chunki bu Jahon chempionati, chunki biz juda og‘ir vaziyatlarni boshdan kechirdik va o‘yinga qaytish uchun kuch topishimizga to‘g‘ri keldi.

Bu uchrashuvda sodir bo‘lgan ko‘plab voqealar menga murabbiy sifatida ham katta tajriba bo‘ladi. Tasodifni qarangki, bularning barchasi aynan mening 100-o‘yinimga to‘g‘ri keldi. Yaxshiyamki, g‘alaba qozondik, aks holda bu yubiley statistikasining natijasi ancha achinarli bo‘lardi", — dedi Skaloni Mundo Deportivo nashriga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting