locale OZ

Siti”da himoya muammosi ortib bormoqda

Muxlislar Abduqodir Husunovga ishonch berishni talab qilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida “Manchester City” o‘z maydonida “Tottenhem”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, muxlislarda norozilik uyg‘otdi. Ikkala gol ham himoyadagi yirik xatolar sabab yuzaga keldi: avval Brennan Jonson hisobni ochdi, keyin esa Joau Palinya darvozabon Traffordning noqulay pasidan foydalandi.

Mutaxassislar jamoada tezkorlik va uyg‘unlik yetishmayotganini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, muxlislar Xosep Gvardiolani tezligi bilan ajralib turadigan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husunovni zaxirada qoldirgani uchun tanqid qilmoqda.

manchestercity.news tahlilchilari yozishicha, fanatlar anchadan buyon Husunovga ko‘proq o‘yin amaliyoti berilishini talab qilmoqda. Yangi mavsumda u faqat “Vulverhempton”ga qarshi bahsda 8 daqiqa to‘p surdi, so‘ngra zaxirada qolmoqda.

Ekspert Juzeppe Labellarte ta’kidlashicha, jamoa baland himoya chizig‘ida harakat qilganda kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shu paytda himoyachi Husunovning maydonga tushirilmasligi muxlislar orasida jiddiy bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting