locale OZ

«Siti» Valverdeni o'z safiga qo'shib olmoqchi

2025/26 yilgi mavsumda Federiko Valverde «Real» safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
«Siti» Valverdeni o'z safiga qo'shib olmoqchi
photo: gettyimages

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Migel Serranoning ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» urugvaylik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Ikki hafta muqaddam «shaharliklar» madridlik klubdan yarim himoyachining transferga qo‘yilishi mumkinligi haqida surishtirishgan. Hozircha «Manchester Siti»dan rasmiy taklif tushmagan. «Qaymoqranglilar» futbolchini shu yozda sotishni istamayapti, biroq agar «jozibador taklif» kelib tushsa va futbolchining o‘zi ketishni xohlasa, «Real» uni yuz million yevrodan kam bo‘lmagan summaga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘ladi.

2025/26 yilgi mavsumda Federiko Valverde «Real» safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting