locale OZ

Siti ketma-ket to'rtinchi marta, Husanov esa birinchi marta Angliya kubogi finaliga yo'l oldi

Shaharliklar o‘z tarixi davomida jami 7 bor Angliya Kubogida zafar quchgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Siti to'rtinchi marta, Husanov esa birinchi marta Angliya kubogi finaliga yo'l oldi
photo: gettyimages
Angliya kubogi
25.04.2026, Yak.
Manchester Siti
2
Saugempton
1

Xosep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» klubi Angliya Kubogi yarim finalida «Sautgempton» ustidan g‘alaba qozonib (2:1), musobaqaning hal qiluvchi bahsiga yo‘l oldi. Endi «shaharliklar» finalda «Chelsi» yoki «Lids» jamoalaridan biri bilan kuch sinashadi.

Qayd etish joizki, «Manchester Siti» ketma-ket to‘rtinchi mavsumdirki Angliya Kubogi finaliga qadar yetib kelmoqda. Jamoa 2023 yilda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2024 yilda «Manchester Yunayted»ga, 2025 yilda esa kutilmaganda «Kristal Pelas»ga imkoniyatni boy berib, kumush medallar bilan kifoyalangan edi.

Ma’lumot uchun, «Siti» o‘z tarixi davomida jami 7 bor Angliya Kubogida zafar quchgan. Joriy yilgi final jamoa uchun mazkur sovrinlar sonini oshirish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting