«Siti» Savioni sotishga tayyor
Futbolchining transferi 57 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" futbolchisi Savio qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Football Insider nashri xabar berishicha, “shaharliklar” 21 yoshli braziliyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Unga hanuz "Tottenhem" qiziqish bildirmoqda. Jamoa o‘tgan yozdayoq transferni amalga oshirishga urinib ko‘rgandi.
Futbolchining transferi 57 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan.
Saviyo joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasining 15 o‘yinida bitta gol va ikkita assist muallifiga aylandi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist