«Siti» Pavlovich uchun taklif tayyorlamoqda
Aleksandar "Bavariya" futbol tizimida 2011 yildan beri faoliyat olib boradi.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandar Pavlovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga "Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Shaharliklar” futbolchining transferi uchun 70-80 million yevroga yaqin pul sarflashga tayyor. Klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola Pavlovichni Rodriga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Aleksandar "Bavariya" futbol tizimida 2011 yildan beri faoliyat olib bormoqda. U asosiy jamoada 62 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 4 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchini 55 million yevroga baholagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist