«Siti» Pavlovich uchun katta pul sarflashga tayyor
Uning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" yozda katta transfer amalga oshirishga tayyor. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" maydon markazini mustahkamlash uchun "Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandar Pavlovichni sotib olmoqchi.
Futbolchi so‘nggi vaqtlarda ko‘p jarohat olib, jamoaga yordam bera olmayotgan Rodriga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.
Pavlovich joriy mavsum 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol bor. Uning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri yarim himoyachini 55 million yevroga baholagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist