«Siti» Mendosani tarkibga qo'shib olmoqchi
“Manchester City” klubi “Elche” yarim himoyachisi Rodrigo Mendosani o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli o‘yinchiga “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda. Mendosaning o‘yin uslubi “Barcelona” yarim himoyachisi Pedriga o‘xshab ketadi. U o‘yinni yaxshi o‘qiydi va bo‘sh zonalarni topa oladi.
Futbolchi joriy mavsumda Chilida bo‘lib o‘tgan U-20 Jahon chempionati paytida yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda “Elche” futbolchisi barcha musobaqalar doirasida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol muallifiga aylangan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Mendosaning bozor qiymati 9 million yevroni tashkil etadi.