«Siti» Gyuler uchun 100 mln yevro sarflamoqchi
“Real” klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Futbolchining xizmatiga “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiolaning shaxsan o‘zi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis turkiyalik yulduzni jamoaga olib kelishni istamoqda va “shaharliklar” uni qo‘lga kiritish uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor. Ammo “Real” rahbariyati bu summani muzokara boshlash uchun ham yetarli emas, deb hisoblamoqda.
Arda Gyuler joriy mavsum “Real Madrid” tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali Gyulerni bozor qiymatini 60 million yevroga baholagan.