locale OZ

«Siti» Gehi uchun asosiy da’vogar

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Siti» Gehi uchun asosiy da’vogar
ФОТО: Getty images

“Kristal Pelas” futbolchisi Mark Gehi faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Shaharliklar” himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqqan. Gehi esa ushbu futbolchilar orasida asosiy favorit bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting