Sirdaryoda sport kurashlari zali foydalanishga topshirildi
Guliston shahar Ulug‘ yo‘l mahallasida joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida zamonaviy sport kurashlari zali qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur sport zal 15×30 o‘lchamda bo‘lib, yuvinish-kiyinish xonalari va murabbiylar xonalari ham zamonaviy ko‘rishda barpo etilgan. Sport inshootini qurilishiga jami 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Mazkur sport zalida bir vaqtning o‘zida erkin kurash, yunon-rum kurashi, ayollari kurashi bo‘yicha 200 nafarga yaqin sportchilar mashg‘ulot olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sport kurashlari zalining tantanali ochilish marosimida Sirdaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Murod Sulaymonov hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov ishtirok etdi.
Shuningdek, yangi foydalanishga topshirilgan sport zali kelgusida yurtimiz sharafini xalqaro sport maydonlarida munosib himoya qiladigan chempion sportchilarni tarbiyalashga xizmat qilishi, yosh avlodni sportga keng jalb etish orqali sog‘lom va barkamol jamiyatni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.