locale OZ

Sirdaryoda murabbiylar uchun yig'ilish o'tkazildi

Kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sirdaryoda murabbiylar uchun yig'ilish o'tkazildi
Фото: Сирдарё футбол ассоциацияси

Sirdaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan viloyatimizdagi futbol murabbiylari ishtirokida 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil uchun rejalashtirilgan musobaqalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Seminar davomida 2025-yil davomida tashkil etilgan musobaqalarda yosh futbolchilarning ishtiroki, shuningdek Respublika miqyosidagi musobaqalarda qatnashgan jamoalarimizning natijalari va faoliyati tahlil qilindi. Shu bilan birga, 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Respublika musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda hududiy bolalar ligasi musobaqalarini tashkil etish tartibi ham muhokama qilindi. Musobaqalarni murabbiylar va jamoalar uchun yanada qulay shaklda o‘tkazish, shuningdek yosh futbolchilar uchun o‘yinlar oralig‘ida dam olish kunlarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ommaviy futbol bo‘yicha mutaxassis Qahramon Yuldashev viloyatimizda qizlar futboli va faxriylar futbolini rivojlantirish, ularni o‘tgan yilga nisbatan yanada yuqori saviyada tashkil etish hamda ayniqsa qizlar futboliga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, mart oyining oxirida rejalashtirilgan 2-liga musobaqalarida yosh futbolchilarni keng jalb qilish bo‘yicha murabbiylarga tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida 2026-yil davomida viloyatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqalar, futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting