Sirdaryo viloyatida hakamlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi.
PHOTO: Telegram
Unda Sirdaryo futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari hamda hakamlar nazoratchilari tomonidan ishtirokchilarga nazariy va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Hakamlar akademiyasida tahsil olayotgan yosh hakamlar ishtirokidagi o‘yinlar tahlil qilindi. Uchrashuvlardagi muhim vaziyatlar va qarorlar chuqur tahlil qilindi.
Seminarning ikkinchi qismida hakamlar maxsus jismoniy tayyorgarlikka doir amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishdi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni spors24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor