locale OZ

Simons yozda “Leyptsig”ni tark etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simons yozda “Leyptsig”ni tark etadi
Photo: Getty Images

Germaniyaning “Leyptsig” klubi futbolchisi Xavi Simons yozda jamoani tark etadi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, 22 yoshli yarim himoyachi bu borada aniq qarorga kelgan. Qayd etilishicha, nemis klubi futbolchining rejalari haqida xabardor.

Futbolchiga "Bavariya" hamda APLning top-klublari qiziqish bildirmoqda. Ular Simons atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Avvalroq, Simons APLga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting