Yevropa chempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvlar doirasidagi Milanning “Inter” hamda Kataloniyaning “Barselona” jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Simone Indzagi matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi:
“Zo'r o'yin o'tkazdik. Hali ham to'rtinchi golimiz nega hisobga olinmaganlgiga hayron bo'lyapman. O'yindan qoniqdim, chunki ”Barselona" dunyodagi eng kuchli jamoa hisoblanadi. Keyingi hafta hammasi aniq bo'ladi"
"Yetti- sakkiz yildan beri bunday futbolchini ko'rmagandim. Lamin Yamal har ellik yilda bir marta tug'iladigan futbolchilar toifasiga kiradi"
“Lautaroda biroz muammolar bor, u sakkizta ketma-ket uchrashuvlarda qatnashdi. Mehdi Taremini bugungi o'yini uchun olqishlayman. Lautaro Martinezdan ayrilmaymiz deb umid qilaman, biroq bunga shubham bor. Javob uchrashuvida uni ko'rishimiz juda qiyin bo'ladi va ehtimol Kataloniyada kapitanimizsiz o'ynarmiz”