locale OZ

Simon Mignolet futbolchilik faoliyatini yakunladi

Futbolchi «Bryugge» klubi tizimida ish boshlashi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simon Mignolet futbolchilik faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

«Bryugge» darvozaboni Simon Mignolet futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

«Tuyg'ularimni ifodalash uchun so'zlar ojiz... Meni qo'llab-quvvatlagan va menga ishonch bildirgan barchaga umrbod minnatdorman. Faoliyatimni ushbu ajoyib klubda, muxlislar, klub xodimlari va yaqinlarim qurshovida yakunlash men uchun katta sharaf», — deb yozdi 38 yoshli belgiya darvozaboni.

Eslatib o'tamiz, Simon Mignolet 2013 yildan 2019 yilgacha «Liverpul» sharafini himoya qilgan.

Darvozabon Belgiya terma jamoasi safida 35 ta o'yinda maydonga tushgan hamda 2018 yilgi Jahon chempionatining bronza medali sohibi bo'lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting