locale OZ

Simeone Xulian Alvaresning “Sevilya”ga qarshi o‘yinda qatnashmasligini tasdiqladi

“Sevilya” va “Atletiko” o‘rtasidagi La Liga 3-tur uchrashuvi 29-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simeone Xulian Alvaresning “Sevilya”ga qarshi o‘yinda qatnashmasligini tasdiqladi
Foto: Getty Images

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Xulian Alvares La Liganing navbatdagi turida “Sevilya”ga qarshi bahsda maydonga tushmasligini tasdiqladi.

Avvalroq argentinalik futbolchi betobligi sabab ketma-ket uch kun jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmagani xabar qilingan edi.

“Barcha savollar Xulian haqida bo‘lishini tushunaman. Ammo hozir bor e’tiborimni ‘Sevilya’ga qarshi o‘yinga qaratganman. Alvares bu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi”, — dedi Simeone matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, “Sevilya” va “Atletiko” o‘rtasidagi La Liga 3-tur uchrashuvi 29-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting