Simeone: «Umid qilamanki, tarkib sifatli futbolchilar bilan kuchaytiriladi»
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Girona" ustidan qo‘lga kiritilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z kelajagi va yangi mavsumga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi.
«Hozir men o‘z holatimni to‘g‘ri baholash va yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligini tushunishga e’tibor qaratganman. Men ishimi davom ettiraman. Umid qilamanki, tarkib sifatli futbolchilar bilan kuchaytiriladi. Oxir-oqibat, ko‘p narsa murabbiylardan emas, aynan futbolchilardan bog‘liq.
Biz klubning moliyaviy jarayonlariga ta’sir qila olmaymiz — bizning vazifamiz boshqa: jamoani tayyorlash va yaxshi o‘yin ko‘rsatish. Oldimizda "Vilyarreal"ga qarshi qiyin o‘yin turibdi. Biz esa mavsumni munosib yakunlash va maydonda bor kuchimizni berishni istaymiz. Shuni va’da qila olaman», — dedi Simeone DAZN efirida.
"Atletiko" Primera ning so‘nggi turida 24 may kuni "Vilyarreal"ga qarshi maydonga tushadi.