locale OZ

Simeone Lukmanga katta ishonch bildirmoqda

Avvalroq «Atletiko» Ademolani oʻz safiga qoʻshib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simeone Lukmanga katta ishonch bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoaning yangi a’zosi Ademola Lukmanga katta ishonch bildirmoqda. Argentinalik mutaxassis joriy mavsum yakunida klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar yurgan bir paytda, The Touchline yozishicha, Simeone Lukmanni jamoaning to‘liq shakllanishi uchun yetishmayotgan so‘nggi element deb hisoblamoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, agar Lukman jamoaga ushbu mavsumda sovrin yutishda yordam bersa, murabbiy klubdagi faoliyatini davom ettirishga tayyor. Eslatib o‘tamiz, qishki transfer oynasida «Atletiko» Lukmanni «Atalanta»dan 35 million yevro evaziga sotib olgan edi. Hujumchi «matraschilar» safidagi debyutini Ispaniya Kubogi doirasidagi «Betis»ga qarshi o‘yinda (5:0) muvaffaqiyatli amalga oshirib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ispaniya La Ligasining 22 turidan so‘ng, Simeone shogirdlari 45 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turishibdi. Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra esa, «Atletiko» 14-o‘rinni band etdi va pley-offning o‘tish raundida ishtirok etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting