locale OZ

Simeone: «Gvardiola – dunyoning eng yaxshi murabbiyi»

"Atletiko" ustozi hamkasi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simeone: «Gvardiola – dunyoning eng yaxshi murabbiyi»
ФОТО: Getty images

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”dan ketishi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Simeone ta’kidlashicha, u Gvardiolaning matbuot anjumanidagi so‘zlarini o‘qib chiqqan va ularni o‘ziga juda yaqin deb hisoblaydi:

«Gvardiola hammasini juda yaxshi tushuntirdi: har uch kunda jamoatchilik oldida bo‘lish, raqobatlashish, futbolchilar bilan muloqot, jamoani boshqarish — bularning barchasi hech qachon to‘xtamaydigan “qor ko‘chki”siga o‘xshash bosimni yuzaga keltiradi».

Shuningdek, argentinalik mutaxassis Gvardiolaning ishiga yuqori baho berdi:

«Pep ajoyib ish qildi. Hozirgi kunda u, shubhasiz, dunyodagi eng yaxshi murabbiy. Uning o‘zini rivojlantirish va g‘alaba qozonish qobiliyati bunga sabab. Ha, uning jamoasida eng yaxshi futbolchilar bor, ammo baribir yutish oson emas», - dedi Simeone.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting