Simeone: «G'alaba uchun borimizni berdik. Afsuski, buni uddasidan chiqa olmadik»
Фото: Getty Images
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga doirasida “Elche”ga qarshi (1:1) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Natijadan muxlislarimiz hafsalasi pir bo‘lgani yo‘q. Bizda ham xuddi shunday. G‘alaba uchun bor kuchimizni berdik, lekin buni uddasidan chiqa olmadik. Bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Futbolchilarimizning sifatlarini to‘liq ishga solishga intilyapmiz.
Vaziyatdan chiqish uchun xotirjamlik, sabr va astoydil mehnat kerak. Shunda natijalar, albatta, keladi. Biz o‘z prinsiplarimizdan chekinmaymiz. Lekin oxirgi ikki o‘yinda ham ochko yo‘qotishga loyiq emasdik”, — dedi Simeone.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist