locale OZ

Simeone: «Bu biz joriy mavsumda toʻqnash kelgan eng kuchli jamoa»

«Atletiko» bosh murabbiyi «Arsenal»dan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simeone: «Bu biz joriy mavsumda toʻqnash kelgan eng kuchli jamoa»
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Arsenal»dan (0:4) uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.

«Shuni aytishim mumkinki, bu biz joriy mavsumda toʻqnash kelgan eng kuchli jamoa. Ular juda yaxshi kurashadi, tez harakat qiladi va doimo oldinga intiladi. Maydon boʻylab yuqori darajadagi oʻyin namoyish etadi. Biz esa hali takomillashish jarayonidamiz va uni davom ettirishimiz kerak.

Oʻylaymanki, oʻyinning dastlabki qismida yaxshi harakat qildik, biroq 60-daqiqadan soʻng raqib ustunlikni oʻz qoʻliga oldi va gʻalabaga toʻla haqli edi. Endi bu magʻlubiyatni esdan chiqarib, mashgʻulotlarda toʻgʻri bajargan ishlarimizni yanada takomillashtirishga eʼtibor qaratishimiz kerak», — dedi Simeone.

Maʼlumot uchun, «Atletiko» 3-turdan soʻng 3 ochko bilan umumiy guruh bosqich turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda. «Arsenal» esa 9 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting