Simeone “Atletiko”dagi muhit haqida gapirdi
Argentinalik mutaxassis jamoaning ishlash jarayonini ijobiy baholadi.
Foto: Getty Images
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoadagi hozirgi muhit va futbolchilarning tayyorgarligi haqida fikr bildirdi. Argentinalik mutaxassis jamoaning ishlash jarayonini ijobiy baholadi.
“Jamoa yaxshi ishlamoqda. Biz ikkita yaxshi uchrashuv o‘tkazdik va navbatdagi bahsni ham yuqori saviyada o‘tkazishga e’tibor qaratganmiz”, — dedi Simeone.
“Atletiko” La Liganing yangi mavsumidagi dastlabki turda “Malaga”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi turda esa madridliklar “Vilyarreal” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” chempionatning uchinchi turida 29-avgust kuni safarda “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist