locale OZ

Simeone Alvaresni «Atletiko«da qoldirishni istamayapti

Argentinalik hujumchining “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simeone Alvaresni «Atletiko«da qoldirishni istamayapti
ФОТО: Getty images

Madridning “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning transferiga qarshi emas. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Simeone Alvaresning klubni tark etish istagini ochiqchasiga bildirganidan so‘ng unga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan va endi uni jamoa rejalariga kiritmayapti.

“Matraschilar” rahbariyati futbolchini sotish bo‘yicha muzokaralarga tayyor. Biroq klub faqat 150 million yevroning barchasi bir yo‘la to‘lanadigan takliflarni ko‘rib chiqadi.

Avvalroq “Barselona” ham Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Argentinalik hujumchining “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting