Silva «Manchester Siti»ni tark etadi
Futbolchining keyingi manzili Italiya chempionati bo‘lishi mumkin.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva 8 yillik faoliyatidan so‘ng “shaharliklar”ni tark etadi. Bu haqda Pianetamilan.it nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uning navbatdagi manzili Italiya bo‘lishi mumkin. “Milan” futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda va klub rahbariyati uni ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan.
Shuningdek, unga “Yuventus” bosh murabbiyi Luchano Spalletti ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib boryapti.
Silvaning moliyaviy talabi klublar uchun asosiy muammoga aylanishi mumkin. U “Manchester Siti”da yiliga 10 million yevrodan ko‘proq maosh oladi va bu summaning keskin kamaytirilishiga rozi bo‘lishi ehtimoli kam.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist