locale OZ

Silva kelasi yilda Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

Futbolchiga ikki klub qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Silva kelasi yilda Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva kelasi yozda shartnomasi tugagach, Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin. Bu haqda TalkSPORT portali xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Silva esa 2026 yilgi Jahon chempionatiga e'tibor qaratgani uchun “Manchester Siti”da qolishni afzal ko'rgandi.

Saudiya Arabistonining ikki klubi – “Al-Ahli” va “Al-Qodisiya” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot o'rnida, 31 yoshli futbolchi 2017 yilda “Monako”dan kelganidan beri Xosep Gvardiola qo'l ostida asosiy futbolchiga aylandi va 400 dan ortiq o'yin o'tkazdi. Shuningdek, u 6 marta APL chempioni hamda bir marta Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting