locale OZ

SILK ROAD CAMBELL ta'sischisi Andijon klubining yangi bazasiga tashrif buyurdi

Unga viloyat transport boshqarmasi rahbari Shamsiddin Usmonov hamda “SILK ROAD CAMBELL”ning Andijondagi korxonasi rahbari Nuriddinov Habibullo hamrohlik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
SILK ROAD CAMBELL ta'sischisi Andijon klubining yangi bazasiga tashrif buyurdi
photo: Andijon fk

Yaqinda Andijon viloyati hokimi tomonidan “Andijon” klubiga zamonaviy, qulay va ekologik toza yangi avtobus taqdim etilishi nafaqat jamoa infratuzilmasini yanada mustahkamladi, balki klubning kelajak rejalariga ham yangi sur'at bag'ishladi.

Ushbu avtobus Xitoyning mashhur elektr avtobus ishlab chiqaruvchisi — “SILK ROAD CAMBELL” zavodida ishlab chiqarilgan bo'lib, uning ta'sischisi Janob Yang Jian “Andijon” klubining yangi bazasiga tashrif buyurdi. Unga viloyat transport boshqarmasi rahbari Shamsiddin Usmonov hamda “SILK ROAD CAMBELL”ning Andijondagi korxonasi rahbari Nuriddinov Habibullo hamrohlik qildi.

Mehmonlarni “Andijon” klubi bosh direktori Ziyodbek Mashrapov samimiy kutib oldi. Yangi baza bo'ylab sayohat davomida mehmonlar klubda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, futbolchilar uchun tashkil etilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi. Ayniqsa, infratuzilmaning yuqori darajada ekani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida mehmonlar jamoa a'zolari bilan ham uchrashib, iliq suhbat qurishdi. Esdalik sifatida jamoa futbolkasiga barcha futbolchilar imzo chekib, Janob Yang Jianga topshirildi va esdalik uchun suratga tushishdi. Bu esa ikki tomonlama do'stona munosabatlarning ramziga aylandi.

Eng e'tiborli jihatlardan biri — Xitoy tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbus bo'ldi. Unga ko'ra, may oyida “Andijon” jamoasini Xitoyga taklif qilish va u yerda mahalliy klubga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu esa jamoamiz uchun nafaqat xalqaro tajriba, balki nufuzli maydonda o'zini namoyon qilish imkoniyatidir.

Albatta, bu kabi yutuqlarda klub rahbariyatining, xususan, bosh direktor Ziyodbek Mashrapovning xizmatini alohida ta'kidlash joiz. Uning tashabbuskorligi va samarali boshqaruvi natijasida “Andijon” klubi nafaqat maydonda, balki tashkiliy va xalqaro aloqalar borasida ham yangi bosqichga ko'tarilmoqda.

Qisqasi, yangi avtobus — bu shunchaki transport emas. Bu — rivoj, ishonch va katta maqsadlar sari qadamdir. “Andijon” esa bu yo'lda dadil olg'a intilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting