«Sietl» «Inter Mayami»ni yirik hisobda mag‘lub etib, Ligalar kubogini qo‘lga kiritdi
Фото: Getty Images
Sietl shahridagi (“Lumen Field” arenasi, AQSH, Vashington shtati) Liga kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy “Sietl Saunders” “Inter Mayami”ga qarshi bahs olib bordi.
Mezbonlar 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishib, musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu ularning ushbu turnir tarixidagi ilk chempionlik unvoni hisoblanadi.
“Inter Mayami” safida Messi, Suares, Alba va Buskets to‘liq o‘yinda ishtirok etishdi.
Liga kubogi MLS + MX. Final
“Sietl Saunders” (Sietl, AQSH) — “Inter Mayami” (Mayami, AQSH) — 3:0
Gollar: De Rozario, 26’; Roldan, 84’ (penalti); Rotrok, 89’.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist