SI O‘zbekiston terma jamoasiga ideal murabbiyni tanladi
O‘zbekiston futbol terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kuzda yurtdoshlarimizni dunyoning yetakchi terma jamoalariga qarshi bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi.
Avvalroq jahon chempionati oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga tajribali xorijlik murabbiy taklif etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yoaxim Löv va boshqa mashhur mutaxassislar nomlari tilga olingan. Yaqinda esa sun’iy intellekt ham o‘z taklifini bildirdi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda futbolga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Mana shu muhabbat va birinchi marta jahon chempionatiga chiqilganini inobatga olgan holda, muxlislar terma jamoadan yuqori natijalar kutmoqda. Ayni paytda jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzening katta tajribaga ega emasligi uning nomzodi atrofida savollar tug‘dirayotganini hisobga olib, ehtimol, bosh murabbiy lavozimiga xorijlik mutaxassis taklif etiladi.
Sun’iy intellekt fikriga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi uchun eng munosib nomzod — ispaniyalik mutaxassis Xavi Ernandes. “Barselona” afsonasi va sobiq bosh murabbiyi ayni paytda ishsiz va yangi loyihalarni ko‘rib chiqishga tayyor.
SI ushbu nomzodni quyidagi jihatlar bilan asoslaydi:
• Xavi hozirda erkin agent va yangi muammolarga ochiq.
• U taktik jihatdan juda moslashuvchan: hujumkor o‘yinni ham, ehtiyoj bo‘lsa, mustahkam himoyaviy taktika ham yo‘lga qo‘ya oladi.
• “Barselona”ni boshqargan vaqtda u jamoani murakkab sharoitda boshqargan — tarkib to‘liq emasdi, klub moliyaviy va imij bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi.
• Xavi texnikaga asoslangan futbolni yoqtiradi va iste’dodga tayanadi — bu jihatlar o‘zbekistonlik o‘yinchilarga ham xos.
• U yirik musobaqalarda ulkan tajribaga ega va futbolchilarni ruhlantirishni yaxshi biladi.
SIning fikricha, Yoaxim Löv nomzodi xavfli bo‘lishi mumkin. U uzoq vaqtdan beri ishlamaydi va asosan tayyor jamoa bilan ishlagan — uning murakkab sharoitlarda ishlash tajribasi yo‘q.
Jahon chempionati arafasida terma jamoa murabbiyi masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Xavi Ernandes nomzodi shu kunlarda futbol jamoatchiligi orasida eng ko‘p muhokama qilinayotganlardan biriga aylandi.