Shveysariya Superligasi. «Lugano» autsayderni tor-mor etdi, Karimovda assist
Shveysariya Superligasi. «Lugano» autsayderni tor-mor etdi, Karimovda assist
O‘tgan turda to‘p kiritgan o‘zbekistonlik himoyachi bu safar golli uzatmani amalga oshirdi.
Shveysariya chempionatining 9-turida peshqadam «Lugano» safarda «Lozanna» darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 72 daqiqa harakat qilib, assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
«Lugano» ochkolarini 25 taga yetkazib, 1-o‘rinni mustahkamladi va 2-pog‘onadagi «Yang Boyz»ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Lozanna» esa 6 ochko bilan so‘nggi o‘ringa joylashgan.
Shveysariya Superligasi. 9-tur
Lozanna — Lugano 0:4
20 sentyabr, «Stad de la Tuler»
Gollar: Delkrua (35 penalti, 48, 52), Sou (61, avtogol).
Lugano — fon Ballmos, Papadopulos, Mai, Delkrua, KARIMOV (Markes, 72), Bislimi (Kenduchi, 72), Grgich (Aydin, 81), dos Santos, Chiminyani (Zanotti, 56), Espinoza (Ayeti, 57), Monkada.