Shveysariya Superligasi. Karimov to‘liq o‘ynagan bahsda «Lugano» «Bazel»ni mag‘lub etdi
Shveysariya Superligasi. Karimov to‘liq o‘ynagan bahsda «Lugano» «Bazel»ni mag‘lub etdi
7-tur doirasida "Bazel" maydoniga safar qilgan luganoliklar dastlab hisobda ortda qolishiga qaramay, yakunda 3:1 hisobida zafar quchdi. O‘zbekistonlik futbolchi Karimov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
"Bazel" 47-daqiqada Metinoning goli orqali oldinga chiqdi. Biroq "Lugano" ikkinchi bo‘limning o‘zida vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Yanis Chimignani 59-daqiqada muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Uran Bislimi mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada Ahmed Kenduchi uchinchi golni urib, g‘alabani mustahkamladi.
"Lugano" uchun mavsum starti hozircha ideal kechmoqda. Jamoa chempionatda o‘tkazgan oltita uchrashuvining barchasida g‘alaba qozonib, maksimal 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.