locale OZ

Shvetsiyadagi pley-off oʻyini yongʻin sabab 4 soatdan ortiq davom etdi

Uchrashuvda muxlislar maydonga pirotexnika vositalarini uloqtirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shvetsiyadagi pley-off oʻyini yongʻin sabab 4 soatdan ortiq davom etdi
FOTO: Getty Images

Shvetsiya chempionati yuqori divizioniga chiqish uchun o‘tkazilgan pley-off uchrashuvi «Norrchyoping» va «Ergryute» jamoalari o‘rtasida to‘rt soatdan ortiq davom etdi. Bu haqda Aftonbladet nashri xabar bermoqda.

Asosiy vaqt tugashiga besh daqiqa qolganda, hisob 0:0 bo‘lgan paytda, «Norrchyoping» muxlislari maydonga pirotexnika otishni boshladi. Natijada sun’iy maydon qoplamasi va darvozabon to‘ri yonib ketdi.

Uzoq tanaffusdan so‘ng o‘yinni davom ettirishga qaror qilindi. Biroq, o‘yinga qaytganidan 50 soniya o‘tib, maydonga yana pirotexnika tashlandi. O‘yin ikkinchi marta to‘xtatilib, muxlislar tribunadan chiqarildi.

Final xushtagi o‘yin boshlangandan to‘rt yarim soat o‘tib yangradi. «Ergryute» ikki o‘yin natijasi bo‘yicha 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, yuqori ligaga yo‘l oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting