Shvetsiya bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Shvetsiya oktyabr oyida ikki o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
Yon Dal Tomasson Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda Shvetsiya futbol ittifoqi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mamlakat futbol rahbariyati 49 yoshli mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qilgani haqida Sportbladet nashri o‘z sahifalarida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Tomasson jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionati saralashida o‘z uyidagi ikkita mag‘lubiyatidan so‘ng ishini yo‘qotdi. Shvetsiya terma jamoasi dastlab Shveytsariyaga (0:2), keyin esa Kosovo jamoasiga (0:1) imkoniyatni boy berdi.
Natijada Shvetsiya terma jamoasi 4 o‘yinda atigi 1 ochko jamg‘argan holda saralash guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist