Shumaxer birinchi, Hemilton ikkinchi — Formula-1 tarixidagi eng boy besh poygachi roʻyxati eʼlon qilindi
GQ Sports nashri Formula-1 tarixidagi eng boy besh pilot ro‘yxatini e’lon qildi.
GQ Sports versiyasiga ko‘ra, eng boy 5 Formula-1 piloti:
- Mixael Shumaxer — 790 mln dollar
- Lyuis Hemilton — 304 mln dollar
- Fernando Alonso — 264 mln dollar
- Kimi Raykkonen — 254 mln dollar
- Niki Lauda — 203 mln dollar
Mixael Shumaxer va Lyuis Hemilton Formula-1 yetti karra chempionlari hisoblanadi. Nemis haydovchi 1991—2006 va 2010—2012 yillarda seriyada qatnashgan bo‘lib, «Jordan», «Benetton», «Ferrari» va «Mercedes» jamoalarida pilot bo‘lgan. Hemilton esa 2007 yilda «Meklaren» safida debyut qilgan, keyin «Mercedes»da, 2025 yildan esa «Ferrari» jamoasida faoliyat yuritmoqda.
Fernando Alonso Formula-1 ikki karra chempion. U «Minardi», «Renault», «Meklaren», «Ferrari» va «Alpin» jamoalarida faoliyat yuritgan. Hozirda «Aston Martin» pilotidir.
Kimi Raykkonen Formula-1 chempioni. 2001 yilda «Sauber» bilan debyut qilgan. 2010—2011 yillarda WRCda ishtirok etgan, so‘ngra yana Formula-1ga qaytgan. U «Meklaren», «Ferrari», «Lotus» va «Alfa Romeo» jamoalarida poygalar o‘tkazgan.
Niki Lauda uch karra Formula-1 chempioni. U 13 mavsum (1971—1979, 1982—1985) davomida «March», «BRM», «Ferrari», «Brabham» va «Maklaren» jamoalarida qatnashgan.