locale OZ

Shotlandiyada hakam muxlisga qizil kartochka ko‘rsatdi

Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shotlandiyada hakam muxlisga qizil kartochka ko‘rsatdi
FOTO: Getty Images

Shotlandiyada noodatiy holat qayd etildi — futbol uchrashuvi davomida hakam muxlisga qizil kartochka ko‘rsatdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Voqea Shotlandiya Ikkinchi ligasi doirasida «Edinburg Siti» va «Sterling Albion» klublari o‘rtasidagi bahsda, «Medoubank» stadionida yuz berdi. Uchrashuv davomida muxlislardan biri tribunada baland ovozda shovqin ko‘tarib, tartibsizlik qilgan. O‘yinning 86-daqiqasida bosh hakam Josh Xey vaziyatga befarq qolmay, tribunaga yaqinlashdi va muxlisga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Mazkur holat stadiondagi boshqa tomoshabinlarni hayratda qoldirdi. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda tezda muhokama markaziga aylandi. Ko‘plab foydalanuvchilar bu vaziyatni hazilga olib, hatto ayrimlar qarorning «qonuniyligini» aniqlash uchun VAR’dan foydalanishni taklif qilishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting