locale OZ

Shotlandiya Stiv Klark bilan shartnomani uzaytirdi

62 yoshli mutaxassis shotlandiyaliklar boshqaruvida 2030 yilgacha qoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shotlandiya Stiv Klark bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

Shotlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Stiv Klark bilan mehnat shartnomasi uzaytirildi.

Ma’lum qilinishicha, 62 yoshli mutaxassis shotlandiyaliklar boshqaruvida 2030 yilgacha faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Klark Shotlandiya terma jamoasini 2019 yilda qabul qilib olgan edi.

Bunga qadar u "Aston Villa", "Reading", "West Bromwich" klublarini boshqargan, shuningdek "Liverpool", "West Ham" va "Chelsea"da yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan.

Bo‘lajak jahon chempionatida Klark jamoasi guruh bosqichida Braziliya, Marokash va Gaitiga qarshi o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting