«Sho‘rtan» ham yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi
Jamoa hozirda kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Фото: Шуртан ПФК
“Sho‘rtan” futbol klubi 5-yanvardan boshlab G‘uzordagi qarorgohida yig‘ilib, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoniga kirishdi.
Jamoa hozirda kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi yangi mavsumda oldiga qo‘yilgan maqsadlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, jamoa raqobatbardoshligini oshirish maqsadida seleksiya ishlarini ham izchil davom ettirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist