\"Sho‘rtan\" futbol maktabida bolalar kuniga bag‘ishlangan futbol festivali bo‘lib o‘tdi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Sho‘rtan" futbol maktabida bolalar futbol festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur festivalda G‘uzor tumanidagi BO‘SM jamoalari hamda futbol maktablari jamoalari ishtirok etdi. Musobaqada jami 10 ga yaqin jamoa qatnashib, yosh futbolchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Festival davomida "Sho‘rtan" futbol maktabi murabbiylari tomonidan seleksiya ishlari olib borildi. Iste’dodli va istiqbolli yosh futbolchilar kuzatilib, ularning salohiyati baholandi.
Bunday musobaqalar yosh avlodni sportga keng jalb etish, futbolni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kelajakda malakali futbolchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar bayrami sport va quvonchga boy muhitda o‘tib, barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.