locale OZ

Shon Strikland Hamzat Chimaev haqida: «Bu badbaxt taslim bo‘lishni xayoliga ham keltirmadi»

Yangi chempion sobiq chempionga hurmat bajo keltirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shon Strikland Hamzat Chimaev haqida: «Bu badbaxt taslim bo‘lishni xayoliga ham keltirmadi»
FOTO: Getty Images

O‘rta vazn toifasida yangi UFC chempioni, amerikalik Shon Strikland BAA vakili Hamzat Chimaev haqida ijobiy fikrlar bildirdi. Ularning jangi AQSHning Nyu-Jersi shtati, Nyuark shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 328 turnirining markaziy voqeasi bo‘ldi va Shonning hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Strikland o‘rta vaznda UFC kamarini qo‘lga kiritdi.

«Chechenistonda ajoyib jangchilar bor. Ular haqiqiy yovvoyilar. U ham la’nati yovvoyi. Men sizlar uchun namuna bo‘lishim kerak, lekin men bu janglarni sotishga harakat qilyapman. Bu badbaxt taslim bo‘lishni xayoliga ham keltirmadi. Men uni bor kuchim bilan urdim, u esa shunchaki olg‘a intilishda davom etdi. Bu shunchaki aqldan ozish», — dedi Strikland.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting