locale OZ

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Turkiyaning "Istanbul" jamoasi safiga ko‘chib o‘tadi.

Jurnalist va insayder Gianluca Di Marzioning xabariga ko‘ra, "Roma" va "Istanbul" klublari o‘rtasidagi muzokaralar deyarli yakunlanib qolgan.

Eldor Shomurodovning o‘zi ham ushbu transferga rozilik bildirgan. Unga ko‘ra, turk klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

Avvalroq unga “Rennes” va “Cremonese” jamoalari ham qiziqish bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Shomurodov A Seriyaning 27 o‘yinida maydonga tushib, 4 tadan gol va assist qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting