Shomurodovning goli «Istanbul Bashakshehir»ga g‘alaba keltirdi
Turkiya Superligasining 23-turi doirasida «Istanbul Bashakshehir» mehmonda «Alanyaspor» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi hal qiluvchi gol o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov tomonidan kiritildi.
O‘yinning 14-daqiqasida Devi Zelke mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 44-daqiqada Abbosbek Fayzullayev ishlagan penaltini Eldor Shomurodov muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu hujumchining joriy mavsumdagi 16-goli bo‘ldi. Ushbu natija evaziga u to‘purarlar ro‘yxatida «Trabzonspor» vakili Pol Onuachuga yetib oldi. Hozirda aynan shu ikki futbolchi musobaqa to‘purarlari poygasini boshqarmoqda.
O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilari Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va maydonda 70 daqiqa harakat qildi.