Shomurodov — “Viking”ga qarshi raqamlarda
Konferensiyalar ligasi saralash bosqichi javob uchrashuvida “Istanbul Basaksehir” safarda “Viking” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan hamyurtimiz, milliy terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov 83 daqiqa harakat qilib, jamoasi goliga assist yo'lladi.
Shomurodovning o'yin ko'rsatkichlari:
• 83 daqiqa maydonda
• Gol: 0
• Assist: 1
• Aniq paslar: 14/22 (64%)
• Yaratilgan katta imkoniyat: 1
• Zarba: 3 (aniqligi 0%)
• Muvaffaqiyatli dribling: 2/4
• Yerdagi duellarda g'alaba: 2/8
• Havodagi duellarda g'alaba: 1/2
Shomurodov hujumda faol harakat qilib, qanotga chiqib uzatmalarga ochildi, pressingda ishtirok etdi va jamoaviy kombinatsiyalarda muhim rol o'ynadi. Biroq durang natijasi ikki jamoa uchun ham intrigu saqlab qoldi.