locale OZ

Shomurodov Turkiyada tur ramziy jamoasiga kirdi

Eldor Superliga doirasida 15 ta gol urgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shomurodov Turkiyada tur ramziy jamoasiga kirdi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Basaksehir” hujumchisi Eldor Shomurodov “Sofascore” talqiniga ko‘ra Turkiya Superligasining 21-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli forvard Turkiya Superligasining 21-turi doirasida “Eyupspor”ga (2:1) qarshi bahsda gol urdi.

“Sofascore” portali tomonidan Eldorning o‘yindagi harakatlari 8 ball bilan baholandi. Abbosning o‘yini esa 7,7 ballga loyiq ko‘rildi.

Ayni damda Eldor Shomurodov Superligada 15 ta gol urgan holda “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu bilan birgalikda eng yaxshi to‘purarlik poygasida yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinda 12 ta gol bilan “Fenerbahche” forvardi Taliska bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting