Shomurodov Turkiya chempionatiga yo‘l olishga yaqin turibdi
Photo: Getty Images
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Roma” klubini tark etib, Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga o‘tishi arafasida turibdi. Bu haqda “Roma press” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer deyarli yakuniga yetgan – “Bashakshehir”, “Roma” va Shomurodov o‘rtasida dastlabki kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik hujumchining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Shunga qaramay, u jamoani tark etishi kutilmoqda.
Avvalroq unga “Renn” va “Kremoneze” jamoalari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda Eldor Shomurodov “Roma” safida barcha turnirlarda 37 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor