locale OZ

Shomurodov «The Best» mukofoti uchun qaysi murabbiyga ovoz bergani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonlik hujumchi Hansi Flikni kuchli uchlikka kiritmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shomurodov «The Best» mukofoti uchun qaysi murabbiyga ovoz bergani maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

FIFA rasmiy saytida 2025 yil yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi uchun o‘tkazilgan ovoz berishda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, hozirda «Istanbul Bashakshehir» sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodovning tanlovi e’lon qilindi.

Shomurodov versiyasiga ko‘ra, 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi deb «Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike topildi. Ispaniyalik mutaxassis yakunda FIFA sovrinini ham qo‘lga kiritdi. Eldor ikkinchi o‘ringa «Barselona» ustozi Hans-Diter Flikni joylashtirgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Chelsi» bosh murabbiyi Entso Mareska yakunlab berdi.

O‘tgan mavsumda Luis Enrike boshchiligidagi «PSJ» Chempionlar ligasi, Fransiya chempionati, Kubok va Superkubokda g‘alaba qozondi. Shuningdek, parijliklar klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finaligacha yetib bordi hamda Yevropa Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting