locale OZ

Shomurodov Messiga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Argentinaga qarshi o‘yin futbolimiz uchun katta imkoniyat deb hisoblamoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekiston futbol terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov jamoa oldida turgan rejalar va Argentinaga qarshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

«90minutuz» podkastida ishtirok etgan hujumchi Janubiy Amerika chempioniga qarshi ehtimoliy uchrashuvni muhim voqea sifatida baholadi.

— Argentinaga qarshi o‘yin biz uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lardi. Bu orqali o‘z darajamizni ko‘ra olamiz, — dedi Shomurodov. — Ular jahon chempioni, ularga qarshi o‘yinda qaysi jihatlarimiz ustida ishlashimiz kerakligini anglaymiz. Bu tajriba biz uchun har tomonlama foydali bo‘ladi.

Shuningdek, Eldor Shomurodov Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) Kubogida ishtirok etish niyati borligini tasdiqladi. Klub mavsumi tugaganidan so‘ng dam olish zarurligi haqidagi savolga u terma jamoa sharafini himoya qilishga tayyor ekanini qat’iy ta’kidladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting