Shomurodov hazil bilan Zaynutdinovning “Dinamo”ga o‘tishiga javob berdi
“Rostov”dagi sobiq jamoadoshlar hamon samimiy aloqada qolmoqda
Rasm: FK “Rostov”
O‘zbekiston milliy jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Qozog‘iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinovning “Beshiktash”dan Moskva “Dinamo”siga o‘tganiga hazilomuz izoh qoldirdi.
28-iyul kuni amalga oshgan transferdan so‘ng Zaynutdinov Instagram’dagi sahifasida yangi jamoasiga oid post joylashtirdi. Unga izoh qoldirgan Shomurodov:
“Qochyapsanmi, brat?” – deb yozib, ularning yana turli yo‘ldan ketayotganiga ishora qildi.
Ma’lumki, Shomurodov va Zaynutdinov Rossiya chempionatidagi “Rostov” klubida birga to‘p surishgan. O‘shanda jamoani aynan hozirda “Dinamo”ni boshqarayotgan Valeriy Karpin boshqargan.