locale OZ

Shomurodov: Endi futbolimizning yetakchisi Husonov

Eldor Shomurodov o‘z o‘rnini “Manchester City” futbolchisiga bo‘shatdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa futbolidagi o‘z mavqei haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, endilikda o‘zbek futbolidagi asosiy e’tibor markazida u emas, “Manchester City”ga o‘tgan 21 yoshli himoyachi Abduqodir Husonov turibdi.

— Ilgari mendan: “Yevropada O‘zbekistondan faqat senmisan?” deb so‘rashardi. “Ha”, derdim. Keyin “Unda sen qirol ekansan”, deb hazil qilishardi, — dedi Shomurodov.
— Endi esa hamma Husonovni so‘raydi. “Sizlarda yangi qirol paydo bo‘ldi, u katta jamoada, nufuzi sendan yuqori”, deyishadi.

Shomurodov bu fikrga qarshi emasligini ta’kidladi:

— Ha, u haqiqatdan ham mendan yuqori darajada, — dedi hujumchi.

Abduqodir Husonov hozirda Markaziy Osiyoning eng istiqbolli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning “Manchester City”ga o‘tishi Yevropa futbolida katta qiziqish uyg‘otdi. Shomurodovga ko‘ra, ayni paytda aynan shu futbolchi orqali O‘zbekiston futbolini Yevropada tanishmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting